Qamoqxonalardagi mahkumlar soni bo‘yicha reyting eʼlon qilindi: O‘zbekiston nechinchi o‘rinda?
Maʼlumotlar har xil yillar bo‘yicha olingan. Taqqoslashda ham mamlakatdagi mahbuslar soni o‘sha yildagi mamlakat aholisi soniga taqqoslangan. Misol uchun, O‘zbekiston aholisi soni BMT maʼlumotlariga tayanilib, taxminiy 33,5 million deb olingan va shundan 22 800 nafari mahkum va mahbus deb qayd etilgan.

Ekspertlar mazkur reytingni mahkumlar soni aholining har 100 ming nafariga qanchadan to‘g‘ri kelishini solishtirgan holda tuzgan.
Jadvalda 223 ta o‘rin bo‘lib, O‘zbekiston ularning ichidan 173-o‘rinni egallagan.
Maʼlumot 2020 yil avgust oyida olingan bo‘lib, har 100 ming nafar aholiga 68 nafar mahbus to‘g‘ri kelgan.
Bunda tergovgacha ushlab turilganlanlar ham kiritilgan. Shuningdek, 2020 yil avgust oyiga ko‘ra, O‘zbekistonda 54 ta mahbus, mahkumlar bilan ishlaydigan korxonalar qayd etilgan bo‘lib, ularning 43 tasi qamoqxona, 11 tasi tergov izolyatori deb ko‘rsatilgan.
Reytingda AQSH yetakchilik qilgan. Unda har 100 ming aholiga 629 nafar mahkum to‘g‘ri kelgan. Bunda 2019 yilgi maʼlumotlardan foydalanilgan. Eng oxirgi 223-o‘rinni esa San-Marino davlati egallagan. O‘tgan yilning 31 yanvariga solishtirganda, bu hududda bitta ham mahkum yoki ozodlikdan mahrum qilingan shaxs bo‘lmagan.
Eslatma: maʼlumotlar har xil yillar bo‘yicha olingan. Taqqoslashda ham mamlakatdagi mahbuslar soni o‘sha yildagi mamlakat aholisi soniga taqqoslangan. Misol uchun, O‘zbekiston aholisi soni BMT maʼlumotlariga tayanilib, taxminiy 33,5 million deb olingan va shundan 22 800 nafari mahkum va mahbus deb qayd etilgan.
Bundan avval Qashqadaryodagi qamoqxonada 19 yoshli yigit o‘z joniga qasd qilgani hamda O‘zbekiston qamoqxonalarida qancha diniy va siyosiy mahbuslar mavjudligi ochiqlangani haqida xabar qilingandi.
Olamgir Abdiyev







