Sport

Boks. Jahon chempionatining ikkinchi kunida yurtimiz sharafini kimlar himoya qilishi maʼlum bo‘ldi

Bugun musobaqada uch nafar bokschimiz ringga ko‘tariladi.

Boks. Jahon chempionatining ikkinchi kunida yurtimiz sharafini kimlar himoya qilishi maʼlum bo‘ldi

 

25-oktabrdan boshlab Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatiga start berildi. Kecha ushbu nufuzli turnirning dastlabki kungi bellashuvlari bo‘lib o‘tdi. Unda Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev hamyurtlarimizdan birinchilardan bo‘lib janglarni  boshlab berdi. Irlandiyalik Brendon Makkiverga qarshi kechgan to‘qnashuvda sportchimiz yaqqol ustunlik bilan g‘alaba qozondi.

 

Bugun ham bir qator bokschilarimiz ringga ko‘tariladi. Xususan, -80 kg vaznda Odiljon Aslanov tanzaniyalik Yusuf Changalaveyga qarshi bahs olib borsa, Rio Olimpiyadasi chempioni Hasanboy Do‘stmatov -51 kg vaznda qozog‘istonlik raqibi Saken Bobosinovni sinovdan o‘tkazadi. Shuningdek -75 kg vazn toifasida Saidjamshid Jafarov  slovakiyalik L.Ferneza bilan keyingi bosqich yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

 

Avvalroq professional boks kechasida o‘zbekistonlik murabbiyning shogirdi g‘alaba qozongani va O‘zbekiston boks terma jamoasining tarkibi eʼlon qilingani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Boks. Jahon chempionatining ikkinchi kunida yurtimiz sharafini kimlar himoya qilishi maʼlum bo‘ldi | Zamon.uz