Jamiyat

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi tarkibida “Handling” shoʻba korxonasi tashkil etiladi

Shoʻba korxona xorijiy aviakompaniyalar uchun ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish va narxini pasaytirish imkonini beradi.

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi tarkibida “Handling” shoʻba korxonasi tashkil etiladi

 

“Uzbekistan Airports”  shu  yilning 1 noyabridan “Uzbekistan Airports AJ” tarkibida “Uzbekistan Airports Handling MCHJ” shoʻba kompaniyasi faoliyat boshlaydi. Mazkur kompaniyaga Umid Hamrayev rahbar etib saylandi.

 

Yangi korxonaning asosiy vazifasi  yo‘lovchilarni samolyotga ro‘yxatdan o‘tkazish, samolyotgacha olib borish va qo‘ndirish, yukni joylash va uni yetkazib berishdan iborat.

 

Bundan tashqari,  samolyotga yer usti xizmati ko‘rsatish, oziq-ovqat yuklash hamda aerovokzal kompleksining ona va bola uchun maxsus  xonasi ham foydalanishga topshiriladi.

 

Shuningdek,  tibbiy markaz va maʼlumotnoma xizmatlarini  ham taqdim etadi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  amalga oshmagan parvozlarda xususiy aviakassalarning aybi borligi hamda “Uzbekistan Airways” yangi model asosida Toshkentdan Moskvaga ilk parvozni amalga oshirgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

“Uzbekistan Airports” kompaniyasi tarkibida “Handling” shoʻba korxonasi tashkil etiladi | Zamon.uz