Boks. Abdumalik raqibiga imkoniyat qoldirmadi
Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari davom etmoqda.

Bugun hamyurtlarimiz Madiyor Saidrahimov hamda Shahobiddin Zoirov musobaqadagi ilk jangida g‘alabani qo‘lga kiritgan edi.
Biroz avval yana bir bokschimiz Abdumalik Halakov makedoniyalik Jasin Lyamaga bilan bahs olib bordi. Keskin va murosasiz kechgan jangda Abdumalik keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun jahon chempionatida Olimpiyada va jahon chempionati kumush medali sohibi Shahram G‘iyosov ham o‘z chiqishlarini boshlaydi.
Avvalroq Madiyor Saidrahimov ilk g‘alabasini qo‘lga kirtgani va Shahobiddin Zoirov keyingi bosqichga yo‘l olgani haqida xabar berilgan edi.
Jamshidbek Amirov







