Boks. Madiyor Saidrahimov ilk jangini g‘alaba bilan boshladi
Bugun Serbiyaning Belgrad shahrida boks bo‘yicha jahon chempionatining beshinchi kungi bahslari bo‘lib o‘tmoqda.

-92 kg vazn toifasida hamyurtimiz Madiyor Saidrahimov musobaqadagi ilk jangida bolgariyalik Vladislav Smiaglikovga qarshi ringga ko‘tarildi va ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi. Shu tariqa u keyingi bosqich yo‘llanmasiga ega bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, bugun jahon chempionatida Shahram G‘iyosov va Abdumalik Halakov ham ringga chiqadi.
Avvalroq Shahobiddin Zoirov keyingi bosqichga yo‘l olgani va boks bo‘yicha jahon chempionatining ikkinchi kunida yurtimiz sharafani kimlar himoya qilishi haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







