Jamiyat

Jarqo‘rg‘onda aka-ukalarning o‘zaro janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

Uka o‘z akasiga pichoq sanchidi.

Jarqo‘rg‘onda aka-ukalarning o‘zaro janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi

 

Jarqo‘rg‘on tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limining xabariga ko‘ra, Jarqo‘rg‘on tumanida yashovchi, K.S. yashash uyi hovlisida akasi, K.B. bilan o‘zaro janjallashib qolgan. Jahlini jilovlay olmagan K.S. jahliga erk berib, oshxona pichog‘i bilan akasining o‘ng qorin sohasiga bir marotaba sanchib olgan. Hayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir tan jarohatlar bilan shifoxonaga yotqizilgan.

 

Hozirda K.S.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq Toshkentda 16 yoshli qiz mashina haydovchisining bo‘yniga pichoq tortib yuborgani  hamda Farg‘onada 8 oylik homilador ayol pichoq yordamida o‘ldirilgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Jarqo‘rg‘onda aka-ukalarning o‘zaro janjali pichoqbozlik bilan yakunlandi | Zamon.uz