Jamiyat

Noqonuniy  olib kirilayotgan uchish qurilmasi to‘xtatib qolindi

Uchuvchisiz uchish qurilmalarini yurtimizga turli nayranglarni qo‘llagan holda yashirincha olib kirishga bo‘lgan urinishlarning oldi olindi.

Noqonuniy  olib kirilayotgan uchish qurilmasi to‘xtatib qolindi

 Navoiy xalqaro aeroportiga xorijiy aviareys bilan uchib kelgan fuqaro B.G. o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxsning yuklari orasida 1 dona uchuvchisiz uchish qurilmasi borligi aniqlandi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bundan avval 9 milliard so‘mdan ortiq noqonuniy tovarlar aylanmasining oldi olingani  hamda surxondaryolik haydovchi O‘zbekistonga 97 kg. giyohvandlik vositalarini olib kirishga uringani haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Noqonuniy  olib kirilayotgan uchish qurilmasi to‘xtatib qolindi | Zamon.uz