Xalqaro Qur'on musobaqasi yakunlandi
O‘zbekistonlik qori musobaqada uchinchi o‘rinni egalladi.

30-oktabr kuni Qirg‘izistonning Bishkek shahrida Qur'on hofizlari ishtirokida I Xalqaro Qur'oni karim musobaqasi bo‘lib o‘tdi. "Imom Saraxsiy" Markaziy jome masjidida o‘tkazilgan musobaqada MDH davlatlaridan kelgan Qur'on hofizlari ishtirok etishdi.
Musobaqada O‘zbekiston qorilari nomidan ishtirok etgan "Imom Buxoriy" nomli Toshkent Islom instituti talabasi Habibulloh qori Olimjonov uchinchi o‘ringa munosib deb topildi. Natijalarga ko‘ra birinchi o‘rinni Qirg‘izistonlik Ibrohim Mallabayev, ikkinchi o‘rinni Dog‘istonlik Usmon Zulpuxargaddiyev egalladi.







