Siyosat

Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

Davlat byudjeti loyihasi muhokama qilindi

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 2022 yil uchun soliq tushumlari hamda byudjet parametrlari yuzasidan yig‘ilish o‘tkazildi.

 

Davlat rahbari mamlakatimizda inson qadrini ulug‘lash, odamlar hayotini yaxshilash bosh maqsad etib belgilangani, bu tamoyillar byudjetni shakllantirishda ham bosh mezon bo‘lishi zarurligini taʼkidladi.

 

Shu bois kelgusi yilga mo‘ljallangan davlat byudjeti loyihasida, avvalo, ijtimoiy yo‘nalishlarga katta eʼtibor qaratilgan. Xususan, taʼlim va tibbiyot tizimiga 58 trillion so‘m ajratilishi ko‘zda tutilgan.

 

Prezident bu mablag‘ga qo‘shimcha tarzda yana 12 trillion so‘m ajratish taklifini bildirdi. Chunki hududlardagi ehtiyoj va aholi talabidan kelib chiqib, kelgusi yilda 55 ta yangi dastur amalga oshirilishi belgilangan.

 

Jumladan, chekka joylarda 1 ming 600 ta bolalar bog‘chasi tashkil etish, Milliy taʼlim dasturi doirasida 40 ta yangi maktab qurish va 235 tasini taʼmirlash, darsliklarni yangilash hamda kompyuter sinflari ochish kabi ko‘plab chora-tadbirlar mo‘ljallangan.

 

Oliy taʼlim tizimida ham vazifalar ko‘p. Xususan, bakalavr yo‘nalishida davlat grantlari, magistratura va doktoranturaga qabullar sonini oshirish, davlat-xususiy sheriklik asosida yotoqxonalar qurishga subsidiya berish hamda 80 mingdan ortiq talabalar ijara xarajatlarining bir qismini qoplash ko‘zda tutilgan.

 

Tibbiyotning birlamchi bo‘g‘inini rivojlantirish hamda hududlarda yuqori texnologik tibbiy xizmatlarni joriy etishga kelgusi yilda jami 8 trillion so‘m ajratilishi mo‘ljallanmoqda. Shundan 1 trillion so‘mi onkogematologiya, endokrinologiya, buyrak va jigarni ko‘chirish kabi dasturlarga yo‘naltiriladi. Koronavirusga qarshi emlanganlar sonini 17 million nafarga yetkazish, ehtiyojmand aholiga ixtisoslashgan tibbiy xizmatlar uchun ham zarur mablag‘ ajratiladi.

 

Prezident muallim va shifokorlarning oylik ish haqini bosqichma-bosqich oshirish zarurligini taʼkidlab, buning uchun qo‘shimcha mablag‘ yo‘naltirishni taklif qildi.

 

Davlat byudjeti loyihasida hududlar infratuzilmasini yaxshilash masalalariga ham keng o‘rin berilgan. Uy-joylar va ijtimoiy obyektlar qurish, mahallalarni obod etish chora-tadbirlari uchun 26 trillion so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

 

– Bu sohalarga shu kungacha bunday katta mablag‘ berilmagan. Endi buni tartibli, samarali tarzda joy-joyiga yetkazish kerak. Shuning uchun har bir dastur bo‘yicha ajratiladigan mablag‘larni maqsadli ko‘rsatkichlar bilan bog‘lagan holda, elektron nazorat tizimini joriy etish lozim, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Byudjet tizimida moliyaviy nazoratni kuchaytirish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi. Buning uchun temir intizom bilan, davlat xaridlari tizimida oshkoralikni kuchaytirish zarurligi qayd etildi.

 

Moliya vazirligiga kelgusi yil 1 yanvardan tenderlarni inson omilisiz o‘tkazish tizimini joriy qilish vazifasi qo‘yildi. Shuningdek, barcha byudjet tashkilotlari buxgalteriyasini to‘liq raqamlashtirish, davlat xaridlari bo‘yicha hisob-kitoblarni elektron hisob-faktura orqali amalga oshirish yuzasidan topshiriqlar berildi.

 

Davlat rahbari byudjet loyihasini mahalliy kengashlar, tadbirkorlar va aholi bilan muhokama qilish, ularning takliflarini Oliy Majlisga muhokamaga kiritish lozimligini taʼkidladi.

 

Muhokama qilingan masalalar yuzasidan mutasaddilar axborot berdi.

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi

Donald Tramp Shavkat Mirziyoyevga o‘zbek milliy ayvonlari uchun minnatdorlik bildirdi

AQSh Prezidenti Vashingtonda o‘rnatilgan o‘zbek milliy ayvonlarini yaratgan hunarmandlarning mahoratini yuqori baholab, ularni haqiqiy iste’dod sohiblari deb atadi.

Iordaniya Podshohi Mirziyoyevga “Al Husayn ibn Ali” ordenini topshirdi

Iordaniya Podshohi Mirziyoyevga “Al Husayn ibn Ali” ordenini topshirdi

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Abdulla II ibn al-Husaynni “Oliy Darajali Do‘stlik” ordeni bilan taqdirladi.

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi: rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga davlat tashrifi: rasmiy kutib olish marosimi o‘tkazildi

Rasmiy marosimdan so‘ng O‘zbekiston va Iordaniya yetakchilari oliy darajadagi muzokaralarni boshladi.

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi

Shavkat Mirziyoyevning Iordaniyaga tashrifi: “Al-Husayniya” saroyida rasmiy qabul bo‘lib o‘tdi

Unda ikki mamlakat delegatsiyalari va Iordaniya qirollik oilasi a’zolari ishtirok etdi.

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston–Turkiya hamkorligi kengayadi: 2030-yilga borib 175 tonna oltin qazib olishni rejalashtirmoqda

Turkiya kompaniyalari misni qayta ishlash, elektronika, transformatorlar va maishiy texnika ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikka taklif etildi.

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

Buxoro turizmiga xalqaro brendlar jalb etilishi mumkin: Saida Mirziyoyeva uchrashuv o‘tkazdi

O‘zbekiston tarixiy merosga ehtiyotkorona yondashadigan xalqaro brendlar bilan hamkorlik qilishga ochiq ekani ta’kidlandi.

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Shavkat Mirziyoyev va O‘mon Sultoni Masqatda muzokara o‘tkazdi

Ikki davlat rahbarlari oliy darajadagi kelishuvlar ijrosi uchun “yo‘l xaritasi”ni qabul qilish va Muvofiqlashtiruvchi kengash tuzishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan O‘monga jo‘nab ketdi

Tashrif doirasida Masqat shahrida oliy darajadagi muzokaralar, yirik kompaniyalar rahbarlari bilan uchrashuvlar va boshqa qo‘shma tadbirlar o‘tkaziladi.