Jamiyat

Toshkentdan o‘g‘irlab ketilgan avtomobil Parkentdan topildi

Mashina 25 yoshli qiz tomonidan og'irlangan.

Toshkentdan o‘g‘irlab ketilgan avtomobil Parkentdan topildi

 

Shu yilning 1 noyabr kuni Toshkent shahar IIBBga  murojaat kelib tushgan. Unga ko‘ra,  fuqaro K.M.ga tegishli bo‘lgan “Nexia-3” rusumli avtomobil Chilonzor tumani 2-daha, 13-uy oldidan olib qochilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar va Toshkent viloyati miqyosida qidiruv ishlari amalga oshirildi. O‘sha kunning  o‘zidayoq Toshkent viloyati, Parkent tumanida xizmat olib borayotgan YHXB qidiruv va surishtiruv inspektori serjant J.Ashrapov katta tezlikda kelayotgan avtomobilga to‘xtash ishorasi berganiga qaramasdan, haydovchi harakatni davom ettirgan.

 

Natijada, avtomobil majburiy ravishda to‘xtatilgan.

 

Dastlabki tergovoldi surishtiruvga ko‘ra, bu jinoyat 1996-yilda tug‘ilgan Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida yashovchi T.B. tomonidan sodir etilgani maʼlum bo‘ldi. Ushbu fuqaro qo'lga olinib, Toshkent shahar IIBB xodimlariga topshirildi.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Namanganda “moyka” xodimi yuvish uchun qoldirilgan “Malibu”ni olib qochgani  haqida xabar berilgandi.

 

Cho'lponoy Ahmedova

 

 

Toshkentdan o‘g‘irlab ketilgan avtomobil Parkentdan topildi | Zamon.uz