Taqiqlangan yerdan baliq ovlayotgan ikki fuqaro ushlandi
Elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganlarga chora ko‘riladi.

Joriy yilning 1-noyabridan 2-noyabrga o‘tar kechasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasidagi nazorat bo‘yicha Boyovut tuman inspeksiyasi xodimlari tomonidan tungi reyd tadbirlari o‘tkazildi. Unda Boyovut tumani “1-Boyovut” SIU hududidan oqib o‘tuvchi zovurda tungi 23:00 atrofida fuqarolar A.T va J.V. taqiqlangan qurol — elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotgani maʼlum bo‘ldi.
Holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi.
Bundan avval Sirdaryoda elektr qarmoq yordamida baliq ovlayotganlar ushlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







