Jamiyat

Do‘kondan 8 ming dollar va 8 million so‘m pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

Nomaʼlum shaxs do‘konga xaridor sifatida kirib, o'g'irlik qildi.

Do‘kondan 8 ming dollar va 8 million so‘m pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi

 

Yashnobod tumani IIO FMBdan kelib tushgan xabarga ko‘ra,  nomaʼlum shaxs do‘konga xaridor sifatida kirib, sotuvchining chalg‘iganidan foydalanib stol ustidan 8 ming dollar va 8 million so‘m pulni o‘g‘irlab ketgan.

 

Ko‘rilgan tezkor tadbir natijasida Gumonlanuvchi – 35 yoshli X. E. qo‘lga olindi. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Bundan avval Navoiyda 87,3 million so‘mlik ichimlik suvi quvurlarini o‘marmoqchi shaxslar hamda Farg‘onada plastik kartadan pul o‘g‘irlagan shaxs qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Do‘kondan 8 ming dollar va 8 million so‘m pul o‘g‘irlagan shaxs ushlandi | Zamon.uz