Eng dolzarb

Qashqadaryoda somon talashib pochchasini o‘ldirib qo‘ygan shaxs 18 yilga qamaldi

Ular o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan va o‘zaro janjal paytida qayni o‘z pochchasini mashina shinalariga yel beradigan nasos bilan urib o‘ldirgan.

Qashqadaryoda somon talashib pochchasini o‘ldirib qo‘ygan shaxs 18 yilga qamaldi

 

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida somon talashib pochchasini o‘ldirgan shaxsga 18 yil qamoq jazosi tayinlandi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar berdi.

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yil 17-iyun kuni Koson tumanida ikki nafar shaxs dalada somon talashib janjallashib qolgan. Shundan so‘ng ulardan biri ikkinchisini mashina shinasiga yel beradigan nasos bilan urib o‘ldirgan. Qotil hodisaga guvoh bo‘lgan bolalarga ham tashlangan, ammo ular qochib ketgan.

 

Dastlabki surishtiruvlarda aniqlanishicha, marhum qotilning pochchasi bo‘lgan va fermerlik bilan shug‘ullangan. U og‘zaki kelishuv bilan qaynisini ishga olgan va unga bug‘doy o‘rilgandan so‘ng 1,5 tonna bug‘doy va 2 gektar yerning somonini berishini aytgan. Bug‘doy o‘rilgandan so‘ng somon masalasida ular o‘rtasida kelishmovchilik chiqqan va o‘zaro janjal paytida qayni o‘z pochchasini mashina shinalariga yel beradigan nasos bilan urib o‘ldirgan.

 

Qayd etilishicha, jinoyat ishlari bo‘yicha viloyat sudida bo‘lib o‘tgan sud majlisida mazkur ish ko‘rib chiqilib, sud tergov hujjatlari, jabrlanuvchilar va guvohlarning ko‘rsatmalarini o‘rganib hukm chiqardi.

 

Unga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “j” “r” bandi bilan aybdor deb topilib, 18 yilga ozodlikdan mahrum qilindi.

 

Maʼlumot uchun: so‘nggi 8 oyda qasddan badanga yengil shikast yetkazgan 47 nafar fuqaro qamaldi. Joriy yilning birinchi yarim yilligi davomida O‘zbekistonda jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan qasddan badanga yengil shikast yetkazishda ayblangan 1 686 nafar shaxsga nisbatan 1 508 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqilgan. Shundan 714 nafariga nisbatan ayblov hukmi, 4 nafar shaxsga nisbatan oqlov hukmi chiqarilgan. 954 nafar shaxsga taalluqli jinoyat ishlari esa taraflar yarashganligi munosabati to‘xtatilgan. 6 ta jinoyat ishi bo‘yicha 6 nafar shaxsga nisbatan tibbiy majburlov chorasi qo‘llanilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijonda erini unitaz qopqog‘i bilan urib o‘ldirgan 63 yoshli ayol qamalgani, ijarachi ayol sheriklari tomonidan “samosud” qilingani, Sirdaryoda 17 yoshli bola tengdoshini pichoqlab qo‘ygani hamda sud soxta “davlat xizmatchi”si ishiga qonuniy baho bergani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"