Jahon

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvilini afv etish bo'yicha o'z qarorini aytdi

Bu haqda u millatga telemurojaat paytida ma'lum qilgan.

Gruziya prezidenti Mixail Saakashvilini afv etish bo'yicha o'z qarorini aytdi

 

Gruziya prezidenti Salome Zurabishvili hech qachon Mixail Saakashvilini afv qilmasligini maʼlum qildi. 

 

"Sobiq prezidentning afv qilinishi bo‘yicha mening pozitsiyam aniq — yo‘q va hech qachon. Bu masalaga boshqa qaytmayman", — degan Gruziya rahbari.

 

Shuningdek, u sobiq hamkasbini siyosiy mahbus deb hisoblamasligini qayd etdi.

 

"Sobiq prezident siyosiy mahbus bo‘lish uchun talab etiladigan shartlarga mos emas. U mamlakatga o‘z xohishi bilan va noqonuniy qaytib keldi. Saakashvilining maqsadi vaziyatni beqarorlashtirish edi", — deb qo‘shimcha qilgan Zurabishvili.

 

Shu bilan birga prezident Аdliya vazirligidan Saakashvilini alohida mahbus sifatida ko‘rilishini so‘ragan va uning salomatligini doimiy nazorat qilib turishga topshiriq bergan. Zurabishvilining fikricha, sobiq prezident sog‘lig‘i yomonlashuvidan turli siyosiy kuchlar mamlakatdagi vaziyatni beqarorlashtirish maqsadida foydalanishi mumkin.

 

Bundan avval Saakashvilini sudda himoya qilish uchun Ukraina va AQSHdan ham advokatlar jalb qilinishi hamda uning qamoqxonada kuniga uch litr limonad ichishi xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

Tarixiy natija: AQSh Senatiga ilk musulmon senator saylanishi mumkin

U saylov kampaniyasini Nyu-York meri Zohran Mamdani qo‘llagan uslubga yaqin tarzda olib borgan.

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Isroil muxolifati Netanyaxuga qarshi: bosh vazirlikka sobiq harbiy tavsiya qilindi

Biroq yangi hukumatni shakllantirishda arab partiyalari bilan hamkorlik masalasi muxolifat ichidagi asosiy kelishmovchilik bo‘lib qolmoqda.

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Yevropada bomba tahdidlari: beshta samolyot tekshiruvdan o‘tkazildi

Tahdidlar sabab ayrim samolyotlar zaxira aeroportlariga qo‘nishga majbur bo‘ldi, boshqalari esa manziliga yetib borgach tekshirildi.