Jamiyat

Farg‘onada xonadonida marixuana saqlagan shaxs aniqlandi

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Farg‘onada xonadonida marixuana saqlagan shaxs aniqlandi

 

Yozyovon tuman IIB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Ijodkor” MFY hududida yashovchi G‘.N.ning xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi. Tekshiruv davomida xonadonidan “marixuana” giyohvandlik moddasi aniqlandi. 

 

Holat yuzasidan tuman IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Jinoyat kodeksining 276-moddasi 1-qismida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Avvalroq Dehqonobodda marixuana giyohvandlik vositasini 1 500 AQSH dollariga sotgan fuqaro qo‘lga olingani hamda Toshkentda “Spark” avtomashinasidan giyohvand modda chiqqani  haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Farg‘onada xonadonida marixuana saqlagan shaxs aniqlandi | Zamon.uz