Sport

“Real Madrid” Vinisius bilan uzoq yillik kelishuvga erishmoqchi

Madridning “Real” klubi ushbu mavsum oxirida hujumchi Vinisius Junior bilan shartnomani 2028 yilgacha uzaytiradi.

“Real Madrid” Vinisius bilan uzoq yillik kelishuvga erishmoqchi

 

Xabarlarga ko‘ra, futbolchining Madrid klubi bilan tuzgan yangi shartnomasi 2028 yilgacha hisoblab chiqiladi. Braziliyalik futbolchining “Real” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilgacha amal qiladi.

 

Yangi kelishuv shartlariga ko‘ra, Vinisius ish haqini yiliga 3,5 million yevrodan yiliga 5,5 million yevrogacha oshirishni kutmoqda. Maoshdan tashqari futbolchi uchun turli bonuslar ham taqdim etiladi.

 

“Real Madrid” braziliyalik futbolchi uchun tovon puli miqdorini belgilab qo‘ydi. Ilgari bu 700 million yevro edi, yangi kelishuvga ko‘ra, 1 milliard yevro miqdorida kompensatsiya belgilanadi.

 

Braziliyalik futbolchi Madrid klubida 2018 yildan buyon o‘ynab kelmoqda. U jamoa safida jami 133 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urgan va 30 ta golga hammualliflik qilgan. Joriy mavsumda hujumchi Ispaniya chempionatida 11 uchrashuvda maydonga tushib, 7 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

 

Avvalroq “Nyukasl” Kroos uchun “Real”ga 30 million yevro taklif qilishga tayyorligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Messi Argentina terma jamoasidagi faoliyatini yakunladi

Futbolchi otasi Xorxe Messining vafotidan so‘ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlash qarori qat’iylashganini bildirdi.

custom img

US Open: Kamilla Rahimova dunyoning 29-raketkasini mag‘lub etdi

Teng kurashlar ostida o‘tgan birinchi set 7:6 hisobida Rahimovaning g‘alabasi bilan yakunlandi.

custom img

O‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilar ilk bor jahon chempioni bo‘ldi

Kumush medal Germaniya, bronza medal AQSH terma jamoasi vakillariga nasib etdi.

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"