Jamiyat

Nyu-Yorkdan Toshkentga narkotik moddalar olib kirayotgan fuqaro aeroportda “qamoq”qa jo‘natildi

1-noyabr kuni Toshkent shahri aeroportlaridan birida XTB TEQKB xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1979 yilda tug‘ilgan Toshkent shahri Yunusobod tumanida yashovchi K.Sh. ismli shaxs o‘zini shubhali tutganligi sababli nazoratdan o‘tkaziladi.

Nyu-Yorkdan Toshkentga narkotik moddalar olib kirayotgan fuqaro aeroportda “qamoq”qa jo‘natildi

 

Bu haqda IIV Transport va turizm obyektlarida xavfsizlikni taʼminlash departamenti xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, Fuqaro “New-York-Toshkent" yo‘nalishidagi aviareys bilan "Islom Karimov" nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga uchib kelgan.

 

Advokat, mutaxassis hamda xolislar ishtirokida fuqaroning qo‘l sumkasi va buyumlari ko‘zdan kechirilganda, tamaki mahsulotlarini chekish uchun mo‘ljallangan 2 dona shisha “trubka”, 4 dona “SBD” nomli EKBning xulosasiga ko‘ra jami 1,1079 gramm "Kannabis moyi" giyohvandlik moddasi va 1 dona chekish uchun mo‘ljallangan elektron trubka, shuningdek, 1 dona tamaki mahsulotlarini maydalovchi moslama, 1 dona ko‘z dorisi hamda 1 dona elektron sigaret borligi aniqlangan. Huquq tartibor xodimlari tomonidan aniqlangan narsalar hujjatlashtirib olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan K.Sh. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ehtiyot chorasi sifatida “qamoq” tartibi qo‘llanildi.

 

Olamgir Abdiyev

Nyu-Yorkdan Toshkentga narkotik moddalar olib kirayotgan fuqaro aeroportda “qamoq”qa jo‘natildi | Zamon.uz