Jamiyat

Xovos tumanida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

Marixuanangning umumiy og‘irligi 566 (besh yuz oltmish) gramga tengligi aniqlangan.

Xovos tumanida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi

 

“Tarkibida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalari bo‘lgan shuningdek, kuchli taʼsir etuvchi preparatlarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish” tezkor profilaktik tadbiri davomida Xovos tumani, Xovosobod mahallasida yashovchi M.I ning yashash uyi xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganda, uyning oshxonasidan sellofan paketga o‘ralgan holda taxminan og‘irligi 100 gramm o‘tkir hidli o‘simlik moddasi topilgan.

 

Bu haqida Sirdaryo viloyati IIB Axborot xizmati xabar berdi.

 

Unda aytilishicha, mazkur moddalar uy hammomidan ham (500 gramm), 10-15 gramligi esa hovlidan katak qog‘ozda quritilgan holda topilgan. Huquq tartibot hodimlari tomonidan mazkur giyohvandlik vositalari xolis guvohlar ishtirokida daliliy ashyo tariqasida olib qo‘yilgan.

 

Viloyat IIB Ekspert kriminalistika bo‘limining xulosasiga ko‘ra, fuqaro M.I ning yashash xonadonidan topilgan “o‘zidan o‘tkir hid tarqatuvchi o‘simlik moddalari tarkibida faol giyohvandlik modda, tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, bu modda - Marixuana deb atalishi, marixuanangning umumiy og‘irligi 566 (besh yuz oltmish) gramga tengligi aniqlangan.

 

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Olamgir Abdiyev

Xovos tumanida qonunga xilof ravishda giyohvandlik vositasini saqlab kelayotgan shaxs aniqlandi | Zamon.uz