Marg‘ilonda yonib ketgan "Matiz" bo‘yicha munosabat bildirildi (video)
Bugun ijtimoy tarmoqlarda Marg‘ilondagi choyxonalarning biri oldida "Matiz" yonib ketgani haqida video tarqaldi.

Bu haqda Marg‘ilon shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi navbatchilik qismiga soat 10:54 da fuqaro K.B. tomonidan Marg‘ilon shahar “Maorif” MFYda joylashgan to‘yxona oldida “Matiz” rusumli avtomobili yonayotgani haqida xabar berilgan. Unga asosan yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 10.57 da yetib borgan. 11.00 da yong‘in bartaraf to‘liq bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida hech kim tan jarohati olmagan va talofat ko‘rmagan.
Xozirda yong‘in sababi o‘rganilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Davlatobodda “Nexia 2”, Yakkasaroyda “Lacetti”, Samarqandda “Captiva” yonib ketgani haqida xabar berilgandi.
Bahriniso Madumarova







