Jahon

Pokiston va Xitoy Afg‘oniston masalasi bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etmasligi maʼlum qilindi

Bu uchrashuv Hindiston tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.

Pokiston va Xitoy Afg‘oniston masalasi bo‘yicha uchrashuvda ishtirok etmasligi maʼlum qilindi

 

Xitoy 10 noyabr kuni Hindiston tashabbusi bilan o‘tkaziladigan Afg‘onistonda xavfsizlik masalasi bo‘yicha muloqotda ishtirok etishdan bosh tortdi. Bu haqda The Hindu gazetasi xabar berdi.

 

Gazeta manbalariga ko‘ra, milliy xavfsizlik masalalari bo‘yicha maslahatchilar yoki xavfsizlik kengashi kotiblari darajasidagi uchrashuvda Xitoy vakili o‘z grafigi tig‘izligi sababli ishtirok eta olmasligini maʼlum qilgan.

 

“Biz Pekinning ushbu muloqotda ishtirok etishidan manfaatdor edik. Sababi bu Afg‘onistondagi vaziyatning nomaʼlumligi ortidan kelib chiqadigan tahdidlarga bo‘lgan umumiy tushunchalarning shakllanishiga yordam berardi”, – degan nashr manbasi.

 

Bundan avval Pokiston milliy xavfsizlik agentligi rahbari Moid Yusuf ham uchrashuvda ishtirok etmasligini maʼlum qilgan.

 

Hindiston TIV maʼlumotlariga ko‘ra, Afg‘onistonda xavfsizlik masalasi bo‘yicha mintaqaviy muloqotda O‘zbekiston, Eron, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Turkmaniston va Rossiya vakillari ishtirok etadi.

 

Avvalroq “Tolibon” Pokistonga diplomatik yordam berayotgani hamda "Tolibon" yangi tayinlovlarni amalga oshirgani haqida xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

“Dunyo ishonch inqirozi davriga kirdi” — Toqayev

Qozog‘iston prezidenti xalqaro huquqning ahamiyati pasayishi va BMT obro‘si bilan bog‘liq muammolarga e’tibor qaratdi.

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Eron bilan urush AQShga qimmatga tushmoqda: xarajatlar 47,1 mlrd dollarga yetdi

Pentagonning hisob-kitobiga ko‘ra, mablag‘ning 60 foizdan ortig‘i o‘q-dorilarga sarflangan.

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Chet elda ishlash uchun kamida 18 yoshga to‘lish kerak: Tojikistonda yangi qonun kuchga kirdi

Yangi talab mamlakat fuqarolari va Tojikistonga ishlash uchun keladigan xorijliklarga ham tegishli.

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

Rossiya prezidenti Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish siyosatini tanqid qildi.

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Samolyotni 2034-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Virus Uganda, Nigeriya va Keniya kabi boshqa Afrika davlatlarida ham qayd etilgan.

12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon yaqinlashmoqda

12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon yaqinlashmoqda

Hindistonning sharqiy sohillariga yaqinlashayotgan Arnab sikloni sababli minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda.