O'zbekiston

"GAI"da navbatdagi tartibsizlik: Samarqandda avtomashinalarga "texpasport berilmayapti, jarima bildirishnomalari jo‘natilmayapti

IIB YHXB xabar yuzasidan rasmiy maʼlumot berdi.

"GAI"da  navbatdagi  tartibsizlik: Samarqandda  avtomashinalarga "texpasport berilmayapti,  jarima  bildirishnomalari  jo‘natilmayapti

 

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 2-martdagi 116-son “Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq plastik ko‘rinishdagi guvohnomalar 2017-yil 1-oktabrdan joriy etilgan.

 

Avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalardan shu davrdan (2017 yil 1 oktyabrdan) 2021 yil mart oyi qadar bir oyda respublika bo‘yicha sarflanishi 80 ming tagacha bo‘lib, hozirgi kunda fuqarolarning avtomototransport vositasini rasmiylashtirish, qayta rasmiylashtirish, eski namunadagi qayd etish guvohnomasini yangi namunasiga almashtirish bo‘yicha murojaatlar soni ortganligi bois, bir oyda guvohnomalarni berilishi 140 mingtagacha ortdi. Bu esa o‘z navbatida zahirada saqlanayotgan guvohnomalarni sarflanishiga olib keldi va guvohnomalarni o‘z vaqtida yetkazib berilishida kamchiliklarga yo‘l qo‘yilganligi sababli avtomototransport vositasi egalariga vaqtinchalik talonlar tarqatildi.

 

Mazkur kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan guvohnomalar uchun buyurtmalar soni ko‘paytirilib, hozirda olib kelingan guvohnomalarni hududlarga tarqatilish jarayoni amalga oshirilmoqda.

 

Yuqoridagi holat bo‘yicha IIB YHXB avtomototransport vositalari egalaridan yetkazilgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.

 

Avvalroq, YPX xodimiga "Malibu"ni qo‘yib yuborishni talab qilgan "komandir" jarimaga tortilgani hamda profilaktika inspektorining egnidagi xizmat kiyimini yirtgan fuqaroga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani  haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva 

 

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Soxta qatnov, qimmat chipta va aldangan yo‘lovchilar: Transport vazirligi ogohlantirdi

Firibgarlar kassalarda chipta qolmaganini aytib, yo‘lovchilarga ularni bir necha barobar qimmat narxda taklif qilmoqda.

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

8,8 mln so‘mgacha jarima: nosoz samolyotlarni uchirganlarga jazo belgilanmoqda

Shuningdek, Fuqarolik aviatsiyasi agentligi ko‘rsatmalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik belgilash taklif etilgan.

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryo qurib boryaptimi? Vazirlik vaziyatga izoh berdi

Amudaryoning qurib borayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda xabarlar paydo bo‘ldi.

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Majburiy nikoh, zo‘ravonlik: Turkiyadagi 17 yoshli qiz O‘zbekistonga qaytarildi

Qiz Turkiyaga o'qish bahonasida olib borilgan.

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Metro panduslari nega ishlamayapti? Metropoliten izoh berdi

Elektron ko‘targichlar bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga murojaatlar yuborilgan.

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

680 ming so‘m saqlab qolinadi: banklarning kredit pulini avtomatik yechishiga cheklov qo‘yiladi

Banklar barcha kartalardagi jami qoldiq mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining yarmidan kamayib ketishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

Nikoh statistikasi: yarim yilda 694 nafar ayol 50 yoshdan keyin turmush qurdi

O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyun oylarida 92,3 mingta nikoh qayd etildi.

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Toshkentda issiq suv 5 kunga o‘chiriladi: manzillar ma’lum qilindi

Bunga qozonxonalarda rejali profilaktika ishlari olib borilishi sabab bo‘ladi.