Jamiyat

Giyohvand savdosidagi kelishuv chipakka chiqdi

Fuqaro uni 7.000.000 so‘m pulga sotayotgan vaqtda qo‘lga olindi.

Giyohvand  savdosidagi kelishuv chipakka  chiqdi

 

Sirdaryo viloyati IIB Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tomonidan, Guliston shahar hududida “Nazoratga olish” tadbiri o‘tkazildi. Tadbir davomida Guliston tumanida yashovchi fuqaro S.A giyohvandlik vositasini o‘tkazish maqsadida Guliston shahar, “Bog‘ishamol” MFY, Quruvchilar ko‘chasida J.I.ga qora rangli polietilen paketda giyohvand modda berayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Qora paketda 2 litr hajmdagi idishga solingan, marixuana giyohvandlik vositasi bo‘lib, S.A. uni 7.000.000 so‘m pulga sotishga kelishib, maxsus ishlov berilgan 7.000.000 so‘m pul evaziga giyohvand moddasini sotgan vaqtida xolislar ishtirokida ushlanib, daliliy ashyolar olingan.

 

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, o‘tkir hid taratuvchi o‘simlik moddasi tarkibida faol giyohvand modda, tetragidrokannabinol mavjud bo‘lib, marixuana deb atalishi va sof og‘irligi 150 grammga tengligi ko‘rsatilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 273-M 5-q bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq, Farg‘onada yashash xonadonida marixuana saqlagan shaxs aniqlangani  hamda Toshkent viloyatidagi xonadondan katta miqdordagi giyohvandlik vositalari aniqlangani haqida xabar bergandik.

 

Munojat Valiyeva 

 

Giyohvand savdosidagi kelishuv chipakka chiqdi | Zamon.uz