Eng dolzarb

Farg‘onada 50 tonna sementni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Firibgarlik qonunga asosan jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishini esdan chiqarmang.

Farg‘onada 50 tonna sementni noqonuniy qo‘lga kiritgan shaxslarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

 

Farg‘ona viloyati IIB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 2021-yilning 30-oktabr kuni Quvasoy shahar, Istiqlol ko‘chasida yashovchi S.O ismli fuqaro IIBga murojaat qilgan. Unda joriy yilning yanvar oyida nomaʼlum shaxslar uning ishonchiga kirib, sotmoqchi bo‘lgan 50 tonna sement mahsulotlarini 42 million so‘mga sotib olishga kelishadi.

 

Qayd etilishicha, pulini bir xafta muddatda berishini aytishib, sement mahsulotlarini olib ketishib, bergan vaʼdasini bajarmasdan aldov yo‘li bilan qo‘lga kiritganliklarini hamda sement maxsulotlarni boshqa shaxsga sotib yuborib, pullarini ehtiyoji uchun sarflab yuborganliklarini bildirgan.

 

Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida ushbu jinoyatni S.M va T.U.lar sodir etganligi aniqlanib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Mazkur holat yuzasidan Quvasoy shahar IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Maʼlumot uchun: yuqorida ko‘rsatilgan jinoyatni sodir etgan shaxs 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq davlat xaridlariga oid qonunbuzilish holatlari aniqlangani, Marg‘ilonda XTB sobiq mudiri 1,7 milliard so‘mni o‘zlashtirib yuborgani hamda Termizda ko‘mir o‘g‘rilariga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"