Ishqiy munosabatning oshkor etilishi 22 ming AQSH dollarga baholandi
Tovlamachilar ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

O‘zbekiston Respublikasi IIVga M.Sh. va uning opasi M.N. ariza bilan murojaat qildi. Arizada, Sh.M. boshqa shaxs bilan telegram orqali ishqiy munosabatdagi yozishmalarini uning qudasi R.D. yashirin yo‘llar bilan qo‘lga kiritgani va ushbu yozishmalarni uning turmush o‘rtog‘iga yuborish bilan qo‘rqitib, yubormaslik evaziga 22.000 AQSH dollar talab qilganini bildirilgan. M.Sh qudasiga qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan
Mazkur arizaga asosan, O‘zbekiston Respublikasi IIV JQBB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida, R.D. va M.F. Toshkent shahar, Yakkasaroy tumani, Muqimiy ko‘chasida joylashgan “Ibroximbek” kafesida ariza muallifi Sh.M. talab qilgan 22.000 AQSH dollarini olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.Муножат Вал
Mazkur holat yuzasidan 2021 yil 11 noyabr kuni Yakkasaroy tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan fuqarolar D.R.ga va F.M.larga nisbatan JKning 165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Toshkentda ishqiy munosabatda bo‘lgan yigit "sevgan qizi"dan pul undirib kelgani hamda Xorazmda yozgan arizasini qaytarib olish uchun 6 ming AQSH dollar talab qilgan tovlamachi ushlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







