Jahon

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga ancha bor — Hamid Karzay

Afg‘oniston sobiq prezidenti ISHID xavfi haqida fikrlarini bayon etdi.

Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilishiga ancha bor — Hamid Karzay

 

Afg‘onistonning sobiq prezidenti Hamid Karzay mamlakatdagi vaziyat yuzasidan fikrlarini bildirdi. Bu haqda “Sputnik Afganistan” xabar berdi.

 

ISHIDning Kobul, Qunduz va Qandahorda sodir etgan so‘nggi teraktlari haqida gapirar ekan, Karzay Afg‘oniston mustahkam tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka erishishi uchun katta yo‘lni bosishi zarurligini maʼlum qilgan. Uning fikricha, Afg‘onistonga ISHID xorijdan olib kirilgan, madaniyat, tarix va din bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan hodisa hisoblanib, u afg‘on xalqiga mutlaq begona.

 

Sobiq prezident afg‘on inqirozini hal etish yo‘llari haqida ham gapirib o‘tgan. Uning fikricha, mavjud muammolarni xalqning siyosiy hayotda keng ishtirokini taʼminlash orqali hal etish mumkin.

 

Shuningdek, u qo‘shni davlatlar va jahon davlatlarini afg‘on xalqiga yordam berishga chaqirdi. Karzay ayniqsa, ushbu vaziyatda Eronning roli katta bo‘lishi mumkinligini taʼkidlagan.

 

Avvalroq Qatar endilikda Afg‘onistonda AQSH manfaatlarini ilgari surishi hamda Kobul aeroportida yuzlab afg‘onlar qolib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Tailandga 15 kun vizasiz kirish: O‘zbekiston ham ro‘yxatda

Mamlakat rasmiylari viza rasmiylashtirishdagi kechikishlarni bartaraf etish va sayyohlar oqimini oshirish uchun uchta davlat fuqarolariga vizasiz rejim taklif qilmoqda.

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

«Birovga choh qazisang, o‘zing tushasan» — Putin Yevropa Ittifoqining Rossiya gazidan voz kechish qarori haqida

Rossiya prezidenti Yevropaning Rossiya energiya resurslaridan voz kechish siyosatini tanqid qildi.

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Niderlandiyada yangi elektr samolyot loyihasi: bir quvvatlanish ming kilometrga yetadi

Samolyotni 2034-yilda foydalanishga topshirish rejalashtirilgan.

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Kongoda Ebola bilan kasallanganlar soni 10 mingdan oshdi: 4887 kishi vafot etdi

Virus Uganda, Nigeriya va Keniya kabi boshqa Afrika davlatlarida ham qayd etilgan.

12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon yaqinlashmoqda

12 million kishi xavf ostida: Hindistonga kuchli siklon yaqinlashmoqda

Hindistonning sharqiy sohillariga yaqinlashayotgan Arnab sikloni sababli minglab odamlar evakuatsiya qilinmoqda.

Qirg‘izistonda hududiy boshqaruv o‘zgaradi: viloyat va tumanlar tugatiladi

Qirg‘izistonda hududiy boshqaruv o‘zgaradi: viloyat va tumanlar tugatiladi

Hukumat takroriy boshqaruv organlarini qisqartirish va hududlarni birlashtirish orqali ma’muriy tizimni qayta tashkil etmoqchi.

Yaponiya Afg'onistondagi bolalarni emlashga ko‘maklashmoqda — UNICEF

Yaponiya Afg'onistondagi bolalarni emlashga ko‘maklashmoqda — UNICEF

Afg‘onistonda 21 milliondan ortiq odam gumanitar yordamga muhtoj bo‘lishi kutilmoqda.

800 mingta korrupsiya ishi: Xitoyda 9 oyda 73 nafar amaldorga ish qo‘zg‘atildi

800 mingta korrupsiya ishi: Xitoyda 9 oyda 73 nafar amaldorga ish qo‘zg‘atildi

Shu davrda 680 ming kishi intizomiy jazoga tortilgan.