Jamiyat

Bir yilda ikki marotaba sudlangan fuqaro yana jinoyatga qo‘l urdi

Firibgar doimgidek pullarni o‘z ehtiyoji uchun sarflab yuborgan

Bir yilda ikki marotaba sudlangan fuqaro yana jinoyatga qo‘l urdi

 

Xatirchilik 26 yoshli  G.N. shu yili hisobidan ikki marotaba sudlangan. Sud tomonidan uning yoshi hamda oilaviy ahvolidan kelib chiqib 3 yilu 10 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosini berilgan edi. Ammo u yana bir jinoyatga qo‘l urdi.

 

“Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida bankdan kredit olib kichik tadbirkorlik qilishni maqsad qilgan fuqarolarni topib aldov yo‘li bilan ularning ishonchiga kirib oldi. Soxta taʼminotchi niqobi ostida firibgarlik ishini boshladi.  Mijozlarga yig‘ilgan hujjatlar asosida bankdan mablag‘ chiqarib berishni vaʼda qildi. Vaʼdasini ustidan chiqadi. Ammo, maishiy texnikalarga ajratilgan pulini o‘ziga o‘zlashtirib oldi. Pullarni ehtiyojlari uchun ishlatib yuborib, mijozlardan ancha vaqt o‘zini olib qochib yurdi. G.N.ning firibgarligini anglagan fuqarolari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilishga majbur bo‘lishdi.  

 

Endilikda G.N.ning navbatdagi qilmishlariga nisbatan belgilangan tartibda qonuniy chora ko‘riladi.

 

 Avvalroq fuqaroga imtiyozli shartlar asosida avtokredit vaʼda qilgan shaxs firibgar bo‘lib chiqqani hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining sobiq prorektori 2 million dollarni talon-toroj qilganlikda gumonlanib, qidiruvga berilgani haqida xabar berilgandi. 


Munojat Valiyeva

Bir yilda ikki marotaba sudlangan fuqaro yana jinoyatga qo‘l urdi | Zamon.uz