Qoraqalpog‘istonda hujjatlarda ko‘rsatilmagan avtomobil shinasi bojxona postida ushlab qolindi
Mahsulotning umumiy qiymati 73 million 900 ming so‘mni tashkil etgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi bojxona boshqarmasi «Dovut-ota» chegara bojxona postiga qo‘shni mamlakatdan kirib kelgan fuqaro O.O. boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi o‘rnatilgan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.
Tekshiruv davomida avtomashinada kuzatuv hujjatlarida yozib ko‘rsatilmagan, bojxona xodimining og‘zaki so‘rovida aytilmagan qiymati 480 million so‘mga teng bo‘lgan jami 12 tonna “polietilen plyonka” tovari borligi aniqlandi.
Shu kuni yana bir holat aniqlandi Mazkur post orqali yurtimizga kirib kelgan fuqaro M.P boshqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtotransport vositasi belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Tekshiruv davomida, avtomashinada umumiy qiymati 73 million 900 ming so‘mlik hujjatlarda ko‘rsatilmagan avtomobil shinasi borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, "Chuqursoy" TIF bojxona postida Bojxona yuk deklaratsiyasi va yo‘l yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 258,7 million so‘mlik 560 dona kompyuter quvvat manbaalari borligi hamda Navoiyda XIX asrga tegishli tanga va qog‘oz kupyuralarni xorijga olib chiqib ketayotgan shaxslar aniqlangani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







