Jamiyat

Toshkent shahrida yangi radar o‘rnatish joylari onlayn savdosi boshlandi

Undagi eng qimmat joy 81 million so‘mga baholanmoqda.

Toshkent shahrida  yangi radar o‘rnatish joylari onlayn savdosi boshlandi

 

Maʼlum bo‘lishicha, eng qimmat obyekt Bunyodkor shoh va Gavhar ko‘chasi chorrahasida (Toshkent avtovokzali va “Olmazor” metro bekati ro‘parasi) joylashgan. Bu yerga 10 ta kamera o‘rnatish mumkin. Shuningdek, narxi  yana qimmat joy  Toshkent vokzalining oldida, Shimoliy vokzal va Xalqaro aeroport yaqinida joylashgan.

 

Toshkentda radarlar va qoidabuzarliklarni aniqlovchi kameralar o‘rnatish bo‘yicha ham bir nechta  yangi obyektlar auksionga qo‘yildi. Shundan 16 tasi kimoshdi savdosiga qo‘yilgan.

 

Shu bilan birga, Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroport yaqinidagi chorraha bo‘lib, bu yerga 8 ta kamera o‘rnatish huquqi mavjud. Uning o‘rtacha narxi kamida 32,4 mln so‘m bo‘lsa,  Shimoliy vokzal hududiga esa  5 ta kamera o‘rnatish mumkin.Ushbu joyning boshlang‘ich narxi 20,25 mln so‘m deb belgilangan.

 

Maʼlumot uchun: O‘zbekistonda radar va kameralar o‘rnatish joylari savdoga chiqarilishi joriy yilning 9 iyunidan boshlangandi. 

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkent viloyatida eng ko‘p tezlikni oshirgan haydovchilar to‘g‘risida maʼlumot berilgani hamda O‘zbekistonda tadbirkorlarning radar va kamera o‘rnatishiga ruxsat beriladigan hududlar soni ortgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Toshkent shahrida yangi radar o‘rnatish joylari onlayn savdosi boshlandi | Zamon.uz