Jamiyat

Elektron tijoratni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilindi

Unga ko‘ra, “Ochiq raqamli ekotizim” axborot tizimlari majmuasini 2022 yil 1 iyuldan boshlab to‘liq ishga tushirish to‘g‘risidagi taklifi maʼqullandi.

Elektron tijoratni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilindi

 

Qayd etilishicha, elektron tijorat maʼmurchiligini yana-da rivojlantirish uchun qulay sharoitlar yaratish to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

 

Unga ko‘ra, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamkorlikda mazkur qaororning amaliy ijrosini taʼminlashda tashabbus ko‘rsatishni rejalashtirdi. https://lex.uz/docs/-2830833

 

Shu bilan birga, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Elektron kooperatsiya portali markazi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi qoshidagi Raqamli transformatsiya markazi etib qayta tashkil etiladi.

 

Maʼlumot uchun: elektron tijorat to‘hrisidagi qonunning 2-moddasida shunday deyilgan:

 

“Elektron tijorat to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining elektron tijorat to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida nazarda tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi”.

 

Shuningdek, 3-moddasida Axborot tizimlaridan foydalangan holda amalga oshiriladigan, tovarlarni sotish, ishlarni bajarish va xizmatlar ko‘rsatishga doir tadbirkorlik faoliyati elektron tijorat ekanligi taʼkidlangan.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mobil ilovada elektron xizmatlar soni 100 taga yetkazilagani hamda ijarada turuvchi talabalarni tizimli nazorat qiluvchi mobil ilova yaratilgani haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

Elektron tijoratni takomillashtirish va rivojlantirish bo‘yicha qaror qabul qilindi | Zamon.uz