Eng dolzarb

Tuproq bosib qolishidagi navbatdagi qurbonlar: Navoiyda 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi

Avvalroq Buxoroning Kogon tumanida 2 nafar ishchi tuproq bosib qolish oqibatida vafot etgandi.

Tuproq bosib qolishidagi navbatdagi qurbonlar: Navoiyda 4 nafar fuqaro halok bo‘ldi

 

Zarafshonda tilla qumini kavlash vaqtida 40-50 kishini qum bosib qolgani haqida xabarlar tarqalgandi. FVV axborot xizmati ushbu holatga munosabat bildirdi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, 2021-yil 13-noyabr kuni soat taxminan 22:00 larda Konimex tumani "Karakata" OFY hududida joylashgan Lolazor nomli cho‘l hududida bir guruh fuqarolar tuproq tarkibidan tilla qumlarini kavlab olish bilan shug‘ullangan va kutilmaganda qum ostida qolgan. Oqibatda, 4 nafar fuqaro hayotdan ko‘z yumgan.

 

Bosh prokuratura axborot xizmatiga ko‘ra, hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Buxoroda 61-avtokorxonaning ikki nafar ishchisi tuproq va qum bosib qolishi oqibatida vafot etgani hamda keyinroq ularning shaxsiga aniqlik kiritilgani haqida xabar berilgandi.

 

Bahriniso Madumarova

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"