O'zbekiston

Vladimir Putinning Rossiya va O‘zbekiston hududlararo hamkorlik II forumi ishtirokchilariga murojaat yo‘lladi

"Ushbu ikki tomonlama tadbir nafaqat Rossiya Federatsiyasi subyektlari va O‘zbekiston viloyatlari o‘rtasidagi aloqalarni rivojlantirish, balki chuqur va jadal, haqiqatdan ko‘p qirrali strategik sherikligimizni mustahkamlash uchun ham muhim ahamiyatga ega va juda zarur, deb hisoblayman"-  Vladimir Putin

Vladimir Putinning Rossiya va O‘zbekiston hududlararo hamkorlik II forumi ishtirokchilariga murojaat  yo‘lladi

-Rossiya O‘zbekistonning tashqi savdo aylanmasida ikkinch o‘rinni egallab, uning yetakchi savdo sheriklaridan biridir. Hatto pandemiya sharoitida ham iqtisodiy hamkorligimiz rivojlanishda davom etmoqda. 

2020 yilda tovar ayirboshlash qariyb 16 foizga ko‘paydi va 6 milliard dollarga yaqinlashdi. Joriy yilning 9 oyida esa o‘sish 6 foizdan ortiqni tashkil etdi. 

Bunda aynan hududlararo hamkorlikning xizmatlari katta. 

O‘zbekistonlik hamkorlar bilan faol iqtisodiy aloqalarni yo‘lga qo‘ygan Rossiya hududlari qatorida Moskva, Sankt-Peterburg, Tatariston, Chelyabinsk, Moskva, Ivanovo va Samara viloyatlarini aytib o‘tish joiz. 

Keyingi yillardagi o‘zaro manfaatli kooperatsiyaga Toshkent metallurgiya va Qandim gazni qayta ishlash zavodlari barpo etilgani, O‘zbekistonda “Rostselmash” ishtirokida kombayn ishlab chiqarish korxonasi ishga tushirilganini misol qilib keltirish mumkin. 

Rossiya O‘zbekiston iqtisodiyotiga sarmoya kiritayotgan asosiy investorlardan biridir. Bugungi kunda umumiy qiymati 14 milliard dollardan ortiq bo‘lgan 150 dan ziyod qo‘shma loyiha amalga oshirilmoqda.

Rossiya sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan korxonalar soni keyingi 4 yilda 2,5 barobarga ko‘paydi va 2000 tadan oshdi. 

Jumladan, aprel oyida O‘zbekistonda o‘tgan hamda Rossiyaning 13 ta hududi ishtirok etgan Innoprom – Katta sanoat haftaligi yakunida qariyb 130 million dollarlik 21 ta bitim imzolanganini taʼkidlab o‘tmoqchiman. 

O‘zbekistonlik do‘stlarimiz ham o‘z navbatida Rossiyadagi hamkorlar bilan aloqalarni faollashtirishga qiziqish bildirayotganini olqishlaymiz, albatta. Oxirgi 2 oyning o‘zida O‘zbekiston delegatsiyalari Rossiyaning 20 ta hududiga tashrif buyurgani ham bu haqda dalolat beradi. 

Bunday hamkorlikning salohiyati g‘oyat katta. To‘g‘ridan-to‘g‘ri kooperatsiya qilish, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika, innovatsion texnologiyalar sohalarida ishlab chiqarish zanjirlarini yaratish bo‘yicha yangi loyihalarni amalga oshirish uchun katta imkoniyatlar mavjud. 

O‘zbekistonlik hamkorlarning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi faoliyatida yana-da yaqinroq ishtirok etishi hamkorlikni chuqurlashtirish uchun yaxshi istiqbollar ochishi mumkin. 

O‘tgan yil oxirida O‘zbekiston integratsiyaviy birlashmamizda kuzatuvchi maqomini oldi. Ishonchimiz komilki, bu O‘zbekistonga ham, YEOIIga aʼzo boshqa davlatlarga ham real manfaat keltiradi. 

Hududlararo aloqalar iqtisodiyot va savdo sohalari bilangina cheklanib qolmadi, albatta. 

Atrof-muhitni muhofaza qilish, suv va o‘rmon xo‘jaligi, bioxilma-xillik, alohida qo‘riqlanadigan tabiiy hududlar bo‘yicha hamkorlikda ham katta tajriba to‘plandi. 

Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq o‘tkir ekologik muammolarni hal qilish, butun Orolbo‘yining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash borasida qo‘shma loyihalar amalga oshirilmoqda.

Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida gumanitar sohadagi aloqalar faol kengayib bormoqda, fan, taʼlim va yoshlarga oid almashinuvlar ko‘lami oshmoqda. 

Shu va boshqa ko‘plab muhim masalalar shu kunlarda Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetida o‘tayotgan ikkinchi Rossiya-O‘zbekiston taʼlim forumida muhokama qilinmoqda. 

Darvoqe, O‘zbekistonda Rossiya oliy taʼlim dargohlarining 14 ta filiali va vakolatxonasi ishlab turibdi. Kelgusi yildan ularning soni 16 taga yetadi, Toshkentda esa Sankt-Peterburg davlat universitetining filiali ish boshlaydi. 

O‘zbekiston bog‘cha va maktablarida rus tilini o‘qitish sifatini oshirishga qaratilgan qator loyihalar ham tayyorlanmoqda.

So‘zimni yakunida Hududlar forumi Rossiya-O‘zbekiston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini har tomonlama yana-da rivojlantirish, davlatlarimiz o‘rtasidagi yaxshi qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatdorlik aloqalarini Rossiya va O‘zbekiston xalqlarining farovonligi yo‘lida mustahkamlash uchun aniq amaliy samara berishiga ishonch bildirmoqchiman. 

Forum tashkilotchilari va barcha ishtirokchilariga minnatdorlik bildiraman va muvaffaqiyat tilayman. 

Eʼtiboringiz uchun rahmat. 

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

custom img

Toshkentda YPX talabiga bo‘ysunmagan raqamsiz Malibu-2 haydovchisi ushlandi

YPX xodimlari haydovchiga to‘xtash ishorasini bergan, biroq u avtomobilni keskin ortga burib, qochishga uringan.

custom img

Ilhom Aliyevning O‘zbekistonga davlat tashrifi yakunlandi

Buxoro xalqaro aeroportida Prezident Ilhom Aliyev va rafiqasini Prezident Shavkat Mirziyoyev va rafiqasi kuzatib qo‘ydi.

custom img

Namanganda katerlar to‘qnashuvi oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Holat yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

custom img

Alkogol va tamaki sohasiga oid 8 ta hujjatga 28 ta o‘zgartirish kiritish taklif etildi

Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish bo‘yicha qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan yangi loyihalar Vazirlar Mahkamasiga kiritildi.

custom img

Adolat tiziminnig yangi qiyofasi xalq ishnochi, qonun ustuvorligi va inson qadri uchun tarixiy qadam

Inson huquqlarini ishonchli himoya qilish, qonun ustuvorligi va adolatni ta’minlash — “Odil sudlov — 2030” strategiyasining asosiy maqsadlaridan. Prezidentning tegishli Farmoni bilan sud tizimini 2030-yilgacha rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari belgilandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev Buxoroning tarixiy obidalarini ziyorat qildi

Tashrif davomida Ozarbayjon delegatsiyasiga Buxoroning Buyuk Ipak yo‘lidagi muhim savdo, ilm-fan va ta’lim markazi sifatidagi ko‘p asrlik tarixi haqida so‘zlab berildi.

custom img

Yogurt idishiga yashirilgan 267 gramm giyohvandlik moddasi aniqlandi

Toshkentda giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga chek qo‘yildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"