Jamiyat

"Tanishlarim" bor, odamingizni qamoqxonadan chiqarib beraman"

Toshkent viloyatida fuqaroni ozodlikka chiqarib berishni vaʼda qilgan firibgarlar qo‘lga tushdi.

"Tanishlarim" bor, odamingizni qamoqxonadan chiqarib beraman"

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departament hamda DXXning Toshkent viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Maʼlum qilinishicha, fuqaro B.Y. manzilli koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan mahkum Sh.ni tanishlari X.X. va A.T.lar orqali ozodlikka chiqarib berish evaziga 8 000 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Surxondaryoda 19 yilga qamalgan mahbusni 70 ming dollar evaziga qamoqdan chiqarib bermoqchi bo‘lgan shaxs ushlangandi.

 

Avvalroq  tijoratda pora evaziga og‘dirib olish holati fosh bo‘lgani, fuqarolarni o‘qishga kiritib qo‘yishni vaʼda qilgan “uddaburonlar”, Qo‘qon shahrida IIO xodimiga pora bermoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olingani hamda korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot berayotgan shaxslarning qarindoshlari ham davlat himoyasida bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

"Tanishlarim" bor, odamingizni qamoqxonadan chiqarib beraman" | Zamon.uz