Jamiyat

Qidiruvdagi shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi

Ushbu shaxslar YPX maskanlarida ushlangan.

Qidiruvdagi shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi

 

Bektemir tumanida joylashgan “Sharq” YPX maskanida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari tomonidan poytaxtga kirib kelayotgan "Lacetti" rusumli avtomobil to‘xtatilib tekshirildi. Uning boshqaruvchisi 18 yoshli I.E. organ xodimlarida shubha uyg‘otgan. uning avtomobili xolislar ishtirokida tekshirilganda uning yonidan zar qog‘ozga o‘ralgan, jigar rangli, o‘tkir hidli, saqichsimon modda topilgan.

 

Mazkur holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro I.E. va aniqlangan modda Bektemir tumani IIO FMBga topshirilgan.

 

Shunga o‘xshash holat 2021-yil 23-noyabr kuni soat 00:30 larda, Olmazor tumanida ham aniqlandi. Piyoda harakatlanib kelayotgan, 1981-yilda tug‘ilgan U.A. “Mineral suvlar” blok-postida xizmat olib borayotgan YPX xodimlar tomonidan to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida fuqaro U.A. Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 1-qismi bilan ayblanib, 2021-yil 6-iyun kunidan buyon qidiruvdaligi ma’lum bo‘lgan.

 

Tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, fuqaro U.A. Olmazor tumani IIO FMBga topshirilgan.

 

Avvalroq qidiruvda bo‘lgan shaxs aeroportda qo‘lga olingani hamda “16-fevral voqealari"ni uyushtirgan xavfli shaxs 23 yildan so‘ng ushlangani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Qidiruvdagi shaxslar jinoyat ustida qo‘lga olindi | Zamon.uz