Jamiyat

Britaniya banki to‘rt kunlik ish haftasini joriy qildi

Ular bu yo‘l bilan xodimlarning ish haqini pasaytirmagan holda ishning unumdorligini yana-da oshirishni istayotganliklarini bildirgan.

Britaniya banki to‘rt kunlik ish haftasini joriy qildi

 

Bu xaqda “forbes”.ru xabar qildi. Buyuk Britaniyada joylashgan Atom onlayn-banki o‘zining barcha xodimlari uchun besh kunlik emas balki to‘rt kunlik ish haftasi boshlanganini eʼlon qildi. Ular bu yo‘l bilan xodimlarning ish haqini pasaytirmagan holda ishning unumdorligini yana-da oshirishni istayotganliklarini bildirgan. Shu tarzda menejerlar pandemiyadan deyarli ikki yil o‘tib odamlarning ruhiy holatini yaxshilashga harakat qilmoqda.

 

"Pandemiyadan oldin ishga borish, kun bo‘yi stolda o‘tirish va keyin uyga qaytish odatiy hol hisoblanardi. Covid bizga bunday ishlash usuli kerak emasligini ko‘rsatdi", — deydi bank rahbari Mark Mallen.

 

Avvalroq lombardlar endi Markaziy bankdan litsenziya olmasdan o‘z faoliyatini boshlashi mumkinligi hamda Islom taraqqiyot banki va Saudiya Arabistoni O‘zbekistonda kambag‘allikni qisqartirishga moliyaviy ko‘mak berishi haqida xabar berilgandi.

 

Munojat Valiyeva

Britaniya banki to‘rt kunlik ish haftasini joriy qildi | Zamon.uz