O'zbekiston

Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtiriladi

Shu va boshqa chora-tadbirlarga oid Prezident Farmoyishi qabul qilindi.

Vazirliklarning hududiy bo‘linmalari bitta binoga joylashtiriladi

 

Farmonning to‘liq nomi “2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlari dasturini ishlab chiqish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida” bo‘lib, undan ko‘zlangan maqsad, davlat boshqaruvi organlari va hokimliklar samaradorligini oshirish orqali aholi farovonligini taʼminlash hisoblanadi. Shuningdek, “mobil boshqaruv apparati”ni yaratishda ham mazkur hujjat asos bo‘lib xizmat qilishi taʼkidlanmoqda.

 

Farmoyishga ko‘ra, Yangi O‘zbekiston maʼmuriy islohotlari dasturi loyihasi uchun takliflar ishlab chiqilishida bir nechta yo‘nalish belgilangan. Jumladan:

 

👉 davlat boshqaruvi organlarining maqomini belgilash;

👉 takrorlanuvchi vazifa va funksiyalarini qisqartirish;

👉 rahbar o‘rinbosarlarining yo‘nalishlar kesimidagi javobgarlik chegaralarini aniq belgilash;

👉 vazirlik va idoralar shtat birliklarini maqbullashtirish;

👉 boshqaruv jarayonini avtomatlashtirish, ish yurituvini to‘liq raqamlashtirish;

👉 “Ochiq idora” loyihasini amalga oshirish;

👉 davlat xizmatlarini to‘liq raqamlashtirish va fuqarolarning sansalorligiga barham berish;

👉 vazirlik va idoralarning ayrim funksiyalarini nodavlat sektoriga o‘tkazish;

👉 tegishli vazirlik va idoralarning hududiy bo‘linmalarini bitta maʼmuriy binoga joylashtirish orqali aholiga “Yagona darcha” tizimi asosida xizmat ko‘rsatish;

👉 kadrlarni tanlov asosida va keng raqobat muhitida ishga qabul qilishni to‘liq joriy qilish;

👉 o‘z ustida ishlamaydigan va masʼuliyati bo‘lmagan kadrlarga nisbatan “jamoaviy taʼsir”ni amalga oshirish;

👉 vazirlik va idoralarda yagona kadrlar reytingini yuritish;

👉 davlat xizmatchilari tomonidan olinadigan kafolatlangan bepul xizmatlar va vositalar paketini ishlab chiqish;

👉 tender va tanlovlarni ochiq va shaffof holda o‘tkazish tizimini takomillashtirish;

👉 xalq deputatlari Kengashlarining mahallalardagi mavjud muammolarni hal qilishdagi rolini oshirish;

👉 mahalliy vakillik organlarida doimiy asosda faoliyat yurituvchi deputatlar korpusini shakllantirish;

👉 hokimlar, ularning o‘rinbosarlari va maslahatchilarining vakolat chegarasini aniq belgilash.

 

Avvalroq Rustam Inoyatov prezident maslahatchisi lavozimidan ozod etilgani, Prezident yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga doir farmonni imzolagani haqida xabar berilgandi. 

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"