Siyosat

1-dekabrdan qonunchilikda bir nechta o‘zgarishlar kuzatiladi

Adliya vazirligi 1-dekabr sanasidan qonunchilikda qanday o‘zgarishlar bo‘lishi haqida maʼlumot berdi.

1-dekabrdan qonunchilikda bir nechta o‘zgarishlar kuzatiladi

 

  • Davlat tashkilotlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting joriy etiladi;

 

  • Har yil yakuni bo‘yicha barcha davlat organlari va tashkilotlari, mahalliy davlat hokimiyati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish ishlarining samaradorligini baholovchi reyting eʼlon qilish amaliyoti joriy etiladi;

 

  • Xarid komissiyasining maʼlumotlar haqqoniyligini tekshirish va ishtirokchini xarid qilish tartib-taomillarida ishtirok etishdan chetlatish vakolatlari bekor qilinadi;

 

  • Chet elda yashovchi O‘zbekiston fuqarolari va xorijiy shaxslarga elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi.

 

Prezident farmoniga ko‘ra:

 

  • Chet elda doimiy yashovchi O‘zbekiston fuqarolari, shuningdek, xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar hamda fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga elektron raqamli imzo kaliti sertifikatlarini O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan berish orqali elektron davlat xizmatlaridan foydalanish imkoni yaratiladi;
  • O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashamaydigan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqamini soddalashtirilgan tartibda tuman (shahar) migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘linmalarida hamda davlat xizmatlari markazlarida amalga oshiriladi;
  • Bundan tashqari, litsenziya, ruxsatnoma, sertifikat va boshqa ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlarning dublikatini berish uchun qonunchilik hujjatlaridagi milliy valyutadagi to‘lovlar BHMning 10 foizigacha miqdorda belgilanadi.

 

Qarorga ko‘ra, ko‘chma savdo obyektlari elektron tarzda ro‘yxatdan o‘tkaziladi.

 

  • Ko‘chma savdo faoliyati tadbirkorlik subyektlari tomonidan ko‘chma savdo obyektlarini elektron tarzda «K — SAVDO» avtomatlashtirilgan axborot tizimida ro‘yxatdan o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi. Bunda, tadbirkorlik subyektlaridan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun yig‘im undirilmaydi.
  •  
  •  Yetkazib berilgan mahsulot uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilishga qo‘yilgan taqiq bekor qilinadi.

 

Prezident farmoniga asosan, 2021-yil 1-dekabrdan:

 

  • Yetkazib berilgan mahsulot (bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan xizmatlar) uchun to‘lovlarni uchinchi shaxslar hisobidan qabul qilish bo‘yicha tijorat banklariga qo‘yilgan taqiq;
  • Davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning mahsulotlarni yetkazib berish (ishlarni bajarish, xizmatlarni ko‘rsatish) to‘g‘risida tuziladigan shartnomalarida majburiy ravishda oldindan to‘lovni belgilashga doir talab;
  • Qishloq xo‘jaligi va chorvachilik mahsulotlari yetishtiruvchilari va tayyorlov tashkilotlari o‘rtasida tuziladigan shartnomalarda majburiy ravishda avansni belgilashga doir talab bekor qilinadi;
  • Veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi.

 

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasi orqali avtomobil o‘tkazish punktlarida:

 

  •  Veterinariya va fitosanitariya organlarining tovarlarga tegishli hujjatlarni tekshirish va rasmiylashtirish vazifalari «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi yoki unga integratsiyalashgan axborot tizimlari orqali amalga oshiriladi;
  •  Veterinariya va fitosanitariya organlari tomonidan tovar-transport hujjatlariga muhr bosish va ularni ro‘yxatga olish amaliyoti bekor qilinadi;
  •  To‘lanadigan barcha yig‘imlarni transport vositalari chegara punktiga kirgunga qadar yagona hisobvaraq asosida oldindan to‘lash amaliyoti joriy etiladi.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi.

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Shavkat Mirziyoyev Anqaradagi amaliy tashrifini yakunlab, Toshkentga jo‘nab ketdi

Tashrif davomida Erdog‘an bilan uchrashuv, Turkiy davlatlar tashkiloti sammiti va biznes muzokaralari bo‘lib o‘tdi.

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev “Anadolu Group” rahbari bilan uchrashdi

Uchrashuvda “SamAvto”ni modernizatsiya qilish va yangi investitsiya loyihalari muhokama qilindi.

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

“AQSHga murojaat qilgan edik”: Eron TIV O‘zbekistonning norozilik notasiga javob berdi

Eron elchixonalarining Samarqand merosi haqidagi postlari yuzasidan yuzaga kelgan diplomatik bahsga Tehron izoh berdi.

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Shavkat Mirziyoyev Qatar Amiri bilan uchrashdi

Uchrashuvda ikki tomonlama kelishuvlar ijrosi hamda global va mintaqaviy masalalar muhokama qilindi.

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqanddagi global e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva xalqaro global tarmoq raisi etib saylandi

Samarqandda o‘tgan xalqaro forumda bolalar onkologiyasi, zamonaviy davolash usullari va xalqaro hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Eldridge Industries” kompaniyasi bosh direktorini qabul qildi

O‘zbekiston va AQShning ushbu kompaniyasi ko‘p qirrali hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma “yo‘l xaritasi”ni qabul qilishga kelishib oldi.

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev “Rosatom” rahbarini qabul qildi

Uchrashuvda O‘zbekistondagi ilk integratsiyalashgan AES qurilishi, mutaxassislar tayyorlash va atomchilar shaharchasini barpo etish masalalari muhokama qilindi.

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSSTdan xalqaro e’tirof: Ziroat Mirziyoyeva nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

JSST Bosh direktori bolalar onkologiyasi sohasidagi yetakchiligi va bolalar salomatligini himoya qilishga qo‘shgan hissasi uchun O‘zbekiston Birinchi xonimiga xalqaro mukofotni topshirdi.