Jahon

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

Neft narxi va davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi, jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati esa oshdi.

AQShdagi oraliq saylovning bozorlarga ta’siri: dollar kursi bir oy ichidagi eng past darajaga tushdi

AQShda bo‘lib o‘tgan oraliq saylovlarda demokratlarning g‘alaba qozonishi ortidan dollar kursi bir oydan ortiq vaqt ichidagi eng past darajaga tushdi. Shu bilan birga, neft narxi va AQSh davlat obligatsiyalari daromadliligi pasaydi.

 

5-noyabr kuni dollar indeksi 0,22 foizga pasayib, 101,25 punktni tashkil etdi. Bu 30-sentabrdan buyon qayd etilgan eng past ko‘rsatkichdir. Bir kun avval ham indeks 0,34 foizga pasaygan edi.

 

Reuters xabariga ko‘ra, demokratlar oraliq saylovlarda AQSh Senati va Vakillar palatasida ko‘pchilik o‘rinni qo‘lga kiritgan. Bu xabar ortidan AQSh davlat obligatsiyalari narxi va jahon fond bozorlaridagi aksiyalar qiymati oshgan.

 

National Australia Bank katta valyuta strategisti Rodrigo Katrilning fikricha, bozordagi o‘zgarishlar Donald Tramp ma’muriyatining siyosiy imkoniyatlari cheklanishi mumkinligi haqidagi kutilmalar bilan bog‘liq. Xususan, investorlar AQSh prezidentining Eronga qarshi urush yoki yangi savdo bojlarini joriy etish kabi keskin choralarni amalga oshirish imkoniyati kamayishini kutmoqda.

 

Mutaxassisning ta’kidlashicha, valyuta va moliya bozorlaridagi qisqa muddatli tebranishlar har doim ham uzoqroq muddatli tendensiyalarni aks ettirmaydi. Biroq neft narxi hamda obligatsiyalar  daromadliligining pasayishi tavakkalchilikka moyil investorlar kayfiyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatmoqda.

 

Shuningdek, 5-noyabr kuni yevro dollarga nisbatan 0,29 foizga qimmatlab, 1,1261 dollarga yetdi. Yaponiya iyenasi esa 0,27 foizga mustahkamlanib, bir dollar uchun 157,95 iyenani tashkil etdi.

 

AQShning 10 yillik davlat obligatsiyalari daromadliligi 4,5 bazis punktga pasayib, 4,847 foizga tushdi. Bu 10-sentyabrdan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.

 

Kriptovalyutalar bozorida bitkoin 0,22 foizga, efir esa 0,11 foizga qimmatlashdi. Ularning qiymati mos ravishda 80 357,66 va 2 419,79 dollarni tashkil etdi.

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

“Amerikaning yengilmasligi haqidagi afsona yo‘qoldi” — Xomanaiy

Eron oliy rahbari AQSh saylovlaridan keyin ham Vashingtonning Eronga nisbatan siyosati o‘zgarmasligini aytdi.

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Shveytsariya sanksiyalar ro‘yxatini yangiladi: Alisher Usmonov undan chiqarildi

Rossiyaga qarshi cheklovlar ro‘yxatiga yana 254 ta shaxs va tashkilot qo‘shildi.

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

Qirg‘izistonda energetik ichimliklar taqiqlanishi mumkin: Japarov hukumatga topshiriq berdi

2025-yilda mamalakatda 129 million banka, 2026-yilning birinchi yarmida esa qariyb 85,9 million banka energetik ichimlik iste’mol qilingan.

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Qurilishning ilk bosqichida uy sotish mumkin emas: yangi tartib joriy etildi

Unga ko‘ra, quruvchilar nolinchi sikl tugamaguncha uy-joylarni sotishi, ulushli ishtirok shartnomalarini tuzishi va loyihalarni reklama qilishi mumkin emas.

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Ukraina Rossiyaning 14 ta hududiga zarba berdi: Belgorodda uch kishi halok bo‘ldi

Shu bilan birga, Rossiya qo‘shinlarining Ukrainaga bergan zarbalari bir nechta hududda elektr va suv ta’minotida uzilishlarga sabab bo‘ldi.

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bir o‘yinda 53 ta qizil kartochka: futbol bahsi janjalga aylandi

Bungacha eng ko‘p qizil kartochkalar soni 36 ta bo‘lgan.

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

30,1 milliard rubllik zarar: Ukraina Rossiyadagi Ozon omboriga hujum qildi

Kompaniya ayrim buyurtmalarni bekor qiladi, qolganlarini esa boshqa omborlardan yetkazib beradi.

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Hurmuz bo‘g‘ozi qachon ochiladi? Eron AQShga yetti shart qo‘ydi

Mohsen Rizoiy AQSh Eronning shartlarini to‘liq qabul qilganidan keyingina bo‘g‘oz ochilishini ma’lum qildi.