O‘ylamay qilingan har qanday xato ishga jazo muqarrar
“Olot” chegara bojxona postida hujjatlarida ko‘rsatilmagan 531 million so‘mlik tovarlar to‘xtatib qolindi

“Olot” chegara bojxona postidan qo‘shni davlatdan kirib kelgan yuk avtomashinasi nazoratidan o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan qiymati 424 million so‘mlik tovarlar borligi aniqlandi.
Mazkur postga kirib kelgan yana bir yuk avtomashinasi “Inspeksion ko‘rik majmuasi” orqali belgilangan tartibda bojxona nazoratidan o‘tkazilganda, unda ham hujjatlarida ko‘rsatilgandan ortiqcha, umumiy qiymati 107 million so‘mlik jami 2691 dona gazbalonlarda foydalaniladigan yondirgich tovarlari borligi aniqlandi.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Qoraqalpog‘istonda hujjatlarda ko‘rsatilmagan avtomobil shinasi bojxona postida ushlab qolingani hamda Toshkent xalqaro aeroportida noyob sudralib yuruvchi jonzotlarni olib chiqishga uringan shaxs to‘xtatib qolingani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







