Jamiyat

Davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzarliklar yuzasidan hisobot e‘lon qilindi

Bu borada Andijon, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahri “yetakchi".

Davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzarliklar yuzasidan hisobot e‘lon qilindi

 

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan 2020-yil iyun oyidan hozirga qadar davlat xaridlari sohasida 24 ta manzilli o‘rganishlar o‘tkazildi.

 

O‘rganishlar natijasida jinoyat ishi qo‘zg‘atish masalasini hal etish uchun huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan jami 60 ga yaqin so‘rovnomalar kiritilgan bo‘lib, ushbu so‘rovnomalar bo‘yicha 44 ta jinoyat ishlari va 24 ta maʼmuriy ishlar qo‘zg‘atilishi taʼminlandi.

 

Qo‘zg‘atilgan jinoyat ishlarining 21 tasi, maʼmuriy ishlarning 24 tasi davlat xaridlari sohasiga taalluqli.

 

Hududlar kesimida Andijon viloyatida 6 ta, Toshkent shahrida 4 ta, Jizzax viloyatida 4 tadan, Qashqadaryo viloyatida 3 ta, Namangan viloyatida 1 ta, Toshkent viloyatida 1 ta, Navoiy viloyatida 1 ta, Samarqand viloyatida 1 ta  jinoyatlar sodir etilgan.

 

Sohalar kesimida esa qurilishda 11 ta, sog‘liqni saqlashda 4 ta, taʼlim, sport va madaniyat sohasida 2 tadan jinoyatlar aniqlandi.

 

Bugungacha jami 18 nafar shaxsga sud hukmi eʼlon qilinib, ulardan 7 nafari rahbar, 3 nafari hisobchi, 1 nafari ijrochi xodim va 7 nafari boshqa shaxslar hisoblanadi.

 

Javohirbek Tursunov

Davlat xaridlari sohasidagi qonunbuzarliklar yuzasidan hisobot e‘lon qilindi | Zamon.uz