Yana Namanganda yong‘in: bu safar uy egasining shaxsiy hujjatlari yonib ketdi
Sodir bo‘lgan yong‘in To‘raqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yong‘in-qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etilgan.

Maʼlum bo‘lishicha, 29-noyabr kuni soat 03:30da To‘raqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limiga tumandagi "Shaxidon" mahalla fuqarolar yig‘ini 48-uyda yong‘in sodir bo‘layotgani haqida murojaat kelib tushgan.
Unga ko‘ra, soat 03:37 da To‘raqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi yong‘in qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borgan va soat 03:40 da yong‘in joyi o‘rab olingan.
Oqibatda, yashash uyining shift va tom qismidan 200 kv.metr joyi uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda qo‘shnisi xo‘jalik uyining tom qismidan 50 kv. metr joyi yonib ketgan.
Yong‘in To‘raqo‘rg‘on tuman Favqulodda vaziyatlar bo‘limi qutqaruvchilari tomonidan soat 04:35da butkul o‘chirilgan. Natijada, 300 kv.metr joy yong‘indan omon qoldi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Namanganda bir-biriga tutash 4 ta uy yonib ketgani hamda ikki uyning tomi olov ichida qolgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







