Jamiyat

O‘zbekistonda bepul hospis ochish rejalashtirilmoqda

Birinchi muassasa Samarqandda ish boshlashi mumkin

O‘zbekistonda bepul hospis ochish rejalashtirilmoqda

 

O‘zbekistonda birinchi bepul hospis ochish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Oliy Majlis Senatining Fan, taʼlim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi Odiljon Iminov Samarqand viloyatiga qilgan amaliy tashrifi doirasida maʼlum qildi.

 

Unga ko‘ra, viloyat rahbariyati bilan respublikada birinchi hospis ochish masalasi muhokama qilingan. Bunday muassasalarni tashkil etish va samarali faoliyat yuritishda davlat asosiy rol o‘ynashi zarurligi taʼkidlandi.

 

Maʼlumot uchun, hospis – davolab bo‘lmaydigan bemorlarga, shuningdek, ularning oila aʼzolariga kasallik davrida ham, yaqinlaridan ayrilganidan keyin ham tibbiy, ijtimoiy, psixologik, maʼnaviy va huquqiy yordam ko‘rsatadigan bepul tibbiy-ijtimoiy muassasadir.

 

 

O‘zbekistonda bepul hospis ochish rejalashtirilmoqda | Zamon.uz