Jamiyat

"Pereval"da yoqqan baliq yomg‘iri" haqida maʼlumot berildi

Voqea joriy yilning 26-noyabr kuni sodir bo‘lgan.

"Pereval"da yoqqan baliq yomg‘iri" haqida maʼlumot berildi

 

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda "Perevalda baliq yomg‘iri" sarlavhali videoxabar tarqaldi.

 

Ushbu holat yuzasidan YHXBB rasmiy munosabat bildirdi. Xabarda aytilishicha, mazkur voqea joriy yilning 26 noyabr kuni soat 16:30 larda Namangan viloyati Pop tumani hududidan o‘tgan A-373 “Toshkent-O‘sh” avtomobil yo‘lining 227-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

 

Aniqlanishicha, haydovchi, 1976 yilda tug‘ilgan F.A. boshqaruvidagi “Zamyad” rusumli avtomobilning shinasi havo chiqarib yuborishi natijasida transportga ortilgan “bochka” ag‘darilgan. Oqibatda, idish ichidagi baliqlar avtomobil yo‘liga sochilib ketgan.

 

Hodisada tan jarohati olgan fuqarolar yo‘q.

 

Hozirda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan qo‘shimcha surishtiruv olib borilmoqda.

"Pereval"da yoqqan baliq yomg‘iri" haqida maʼlumot berildi | Zamon.uz