"Taksilik" faoliyatiga ruxsat olish ham pulmi?
Zangiota tumanida fuqarodan taksi faoliyatini yuritishiga ruxsat olib berish evaziga pul talab qilgan tovlamachilar ushlandi.

Fuqarolar J.M. va F.A.lar oldindan til biriktirib, taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanish uchun kelgan fuqaro O.dan “Bo‘z-suv Chilonzor” yo‘nalishida taksi faoliyatini yuritishiga ruxsat olib berish va taksichilik faoliyati bilan shug‘ullanishiga qarshilik qilmaslik evaziga 3 300 AQSH dollari so‘ragan. Shundan so'ng fuqaro O. huquq targ‘ibot organlariga murojaat qilgan.
Fuqarolar J.M. va F.A.lar tovlamachilik yo‘li O. pul olayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, ish tergovga oshirilgan.
Avvalroq Toshkentda “shantaj” qilib, sevgilisidan pul undirmoqchi bo‘lgan yigit qo‘lga olingani hamda Xorazmda yozgan arizasini qaytarib olish uchun 6 ming AQSH dollar talab qilgan tovlamachi ushlangani haqida xabar berilgandi.
Муножат Валиева







