Jamiyat

Toshkentdagi avtobuslarda yo‘lkira narxi 3000 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin

Avtobuslar qatnovi 4 ta jadval asosida harakatlanadi.

Toshkentdagi avtobuslarda  yo‘lkira narxi 3000 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin

 

Shaharda yangi ekspress avtobus yo‘nalishi tashkil etish rejaga kiritilgan.

 

Unga ko‘ra, 23 kilometr masofani o‘z ichiga olgan ushbu yo‘nalish 25–30 daqiqalik oraliq interval bilan harakatlanadi. 

 

Asosiy yo‘nalish manzillari  Chilonzor buyum bozori avtoshohbekatidan Bunyodkor, Furqat, Sebzor, Ahmad Donish ko‘chalari orqali Toshkent halqa avtomobil yo‘lida joylashgan “Uch qaxramon” bozori yaqinidan qayriladi.

 

Undan so‘ng, Yunusobod mavzesi 12-daha oxirgi bekatiga qadar yo‘lovchi oqimi gavjum  bo‘lgan  oraliq bekatlarga  to‘xtab o‘tadi.

 

Transportning qatnov bahosi bir kishi uchun 3000 ming so‘m etib belgilanadi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  Toshkent  yo‘nalishi bo‘yicha tezyurar avtobus tranziti qurilishining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqish to‘g‘risida shartnoma imzolangani  haqida xabar berilgandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

 

Toshkentdagi avtobuslarda yo‘lkira narxi 3000 so‘mgacha ko‘tarilishi mumkin | Zamon.uz