Jamiyat

Farg‘onada MIB tomonidan qarzdorning “Malibu”si xatlandi

Ijro hujjatida 63 million qarzdorlik undirish ko‘rsatilgan.

Farg‘onada MIB tomonidan qarzdorning “Malibu”si xatlandi

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumanlararo sudining 2021-yil 18-may kungi qaroriga ko‘ra, qarzdor J.Sh.dan undiruvchi “Microfin” MCHJ foydasiga 63 million so‘m qarz undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Byuroning Farg‘ona shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

 

Mazkur ijro hujjati yuzasidan qarzdor J.Sh. sud qarorida ko‘rsatilgan qarzni to‘lab berishi haqida ogohlantirilgan bo‘lsa-da, qarzdorlik bartaraf etilmagan. Shundan so‘ng, majburiy ijro harakatlariga kirishilib, “Malibu-2” rusumli avtomashina qarzdorlik evaziga hatlanib, vaqtincha saqlash uchun jarima maydonchasiga qo‘yildi.

 

Hozirda qayd etilgan avtoulov baholanib, realizatsiya qilish choralari ko‘rilmoqda.

 

Javohirbek Tursunov

Farg‘onada MIB tomonidan qarzdorning “Malibu”si xatlandi | Zamon.uz