Jamiyat

Joriy yilning o‘tgan davrida 99 nafar shaxs nomusga tegish jinoyatini sodir etgan va sudlangan

Oliy sud qaysi hududlarda nomusga tegish jinoyati ko‘payganini ochiqladi.

Joriy yilning o‘tgan davrida 99 nafar shaxs nomusga tegish jinoyatini sodir etgan va sudlangan

 

Oliy sud maʼlumotlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda Toshkent, Samarqand va Jizzax viloyatlarida nomusga tegish jinoyati ko‘paygan.

 

Oliy sud sudyasi Nodira Hakimovaning ta'kidlashicha, zo‘ravonlik xarakteridagi jinoyatlar toifasiga kiradigan nomusga tegish jinoyati tahlil qilinganda, joriy yilning o‘tgan davrida 99 nafar shaxs nomusga tegish jinoyatini sodir etgan va sudlangan. 

 

Bunday jinoyatni sodir etganlar asosan Toshkent viloyatida ko‘pchilikni tashkil etadi:

Toshkent — 27 nafar; Samarqand viloyati — 13 nafar;

Jizzax viloyati — 7 nafar

Poytaxtdagi ko‘rsatkich boshqa hududlarga nisbatan yuqori.

 

Avvalroq Toshkent shahrida jismoniy tarbiya o‘qituvchisi o‘quvchini zo‘rlagani hamda 5 ta erkakka tuhmat qilgan kelinchakka sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi. 

Joriy yilning o‘tgan davrida 99 nafar shaxs nomusga tegish jinoyatini sodir etgan va sudlangan | Zamon.uz