Bugundan Toshkentdagi ayrim hududlarda suv taʼminoti vaqtincha bo‘lmaydi
Ushbu suv bilan taʼminlovchi inshootdagi elektr bilan bog‘liq nosozlik sabab bo‘lishi mumkin.

Qayd etilishicha, "Toshkent shahar suv taʼminoti" MCHJ xabariga ko‘ra, bugun, 3-dekabr kuni soat 8:30 da poytaxt aholisining asosiy qismini ichimlik suvi bilan taʼminlovchi “Qodiriya” bosh suv inshootida yuqori kuchlanishli elektr taʼminotida nosozlik sababli nasos agregatlarida o‘chish holati yuzaga keldi.
Mazkur holat sabab, Toshkent shahrining qator hududlarida ichimlik suv taʼminoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilmoqda.
Ayni vaqtda vaqtda elektr taʼminoti qayta tiklandi, ichimlik suv gidravlik rejimini tiklash bo‘yicha tezkor choralar ko‘rilmoqda. Toshkent shahrida qisqa fursatlarda suv taʼminoti o‘z tizimiga qaytadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Toshkentda vaqtincha suvsiz qoladigan hududlar soni oshgani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







