2022-yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi
Mazkur hujjat 1-yanvardan boshlab kuchga kiradi.

Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan 2022-yil uchun statistika hisoboti shakllari tasdiqlandi. Bu haqda «Norma» xabar bermoqda.
Mazkur hisobot shaklllari «Rasmiy statistika to‘g‘risida»gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.
Qayd etilishicha, statistika hisobotining barcha 109 ta shakli hisobot topshiradigan sub’yektlar tomonidan 2021-yil uchun yillik hisobotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Ular eStat dasturidan foydalanilgan holda internet orqali elektron shaklda taqdim etiladi.








