Jamiyat

Hokim yordamchilarining oylik maoshlari belgilandi

Ularning ish haqi mahalladagi xonadonlar soniga qarab to‘lanadi.

Hokim yordamchilarining oylik maoshlari belgilandi

 

Mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida prezident farmoni tasdiqlandi.

 

Unga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab har bir shaharcha, qishloq, ovulda, shuningdek, shaharlar, shaharchalar, qishloqlar hamda ovullardagi har bir mahallada tadbirkorlikni rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha tuman hokimining yordamchisi lavozimi ta’sis etiladi.

 

Shuningdek, hokim yordamchilarining oylik ish haqi miqdori ular biriktirilgan mahalladagi xonadonlar soniga mutanosib ravishda quyidagicha belgilanadi:

 

— Xonadonlar soni 500 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6 baravari miqdorida. (4 mln 932 ming so‘m);

 

— Xonadonlar soni 501 tadan 1 000 tagacha bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 6,5 baravari miqdorida. (5 mln 343 ming so‘m);

 

— Xonadonlar soni 1 000 tadan ortiq bo‘lgan mahallada – mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdorining 7 baravari miqdorida. (5 mln 754 ming so‘m).

 

Qayd etilishicha, hokim yordamchilariga to‘lanadigan o‘rtacha oylik ish haqi miqdori nomzodning ushbu lavozimga ishga qabul qilingunga qadar avvalgi ish joyi bo‘yicha o‘rtacha oylik ish haqi miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda yetishmagan qismi hokim yordamchilari faoliyatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan kompensasiya qilib boriladi.

 

Javohirbek Tursunov

Hokim yordamchilarining oylik maoshlari belgilandi | Zamon.uz