Jizzaxda “Lacetti” yonib ketdi
Yong‘in yuk mashinasi bilan to‘qnashuv natijasida yuzaga kelgan.

Jizzax viloyatida yuk mashinasi bilan to‘qnashgan “Lacetti” yonib ketdi. Bu haqda viloyat FVB matbuot xizmati xabar qildi.
Ma‘lum qilinishicha, 3-dekabr kuni soat 06:38 da Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati G‘allaorol tumani hududidan o‘tuvchi 1118-kilometrida yo‘l-transport hodisasi ro‘y bergan. Hodisa oqibatida “HOWO” yuk avtomobili bilan to‘qnashgan “Lacetti” yonib ketadi.
Tuman FVB qutqaruvchilar bo‘linmasi voqea joyiga 06:51 da yetib borib, yong‘inni soat 06:57 da to‘liq bartaraf etishadi.
Qo‘shimcha qilinishicha, to‘qnashuvda hech kim jabrlanmagan. Hozirda ko‘rilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Javohirbek Tursunov








